Galaxy imkoniyatlari

Galaxy qurilmasini shunchaki smartfondan ko‘ra kengroq imkoniyatlar manbaiga aylantiruvchi aqlli funksiyalar, o‘zaro bog‘langan qurilmalar va o‘rnatilgan himoya tizimi bilan tanishing.

Galaxy AI

Galaxy AI yordamida ishlaringizni oson hal qiling

Galaxy AI

Galaxy AI yordamida ishlaringizni oson hal qiling

Ijod, shaxsiylashtirish, muloqot, unumdorlik yoki salomatlik yo‘nalishlarida bo‘lishidan qat’i nazar, olamingizda qulay va ishonchli harakatlanishga yordam beruvchi sun’iy intellekt hamrohingizdir.
Samsung Health

Samsung Health bilan salomatligingizni kuzatib boring

Samsung Health

Samsung Health bilan salomatligingizni kuzatib boring

Samsung Health yordamida har tomonlama sog‘lom hayot sari to‘g‘ri qadam tashlang. Salomatlik ko‘rsatkichlaringizni kuzating, foydali odatlarni shakllantirish va o‘zingizni yanada yaxshi his qilish uchun sun’iy intellekt tahlillari hamda shaxsiy tavsiyalarga ega bo‘ling.
Ekotizim

Uzviy bog‘langan ekotizim

Ekotizim

Uzviy bog‘langan ekotizim

Galaxy ekotizimi kundalik hayotingizga uzluksiz aloqa va boy imkoniyatlar baxsh etadi. Galaxy Buds yordamida musiqa tinglash yoki Galaxy Watch bilan salomatlikni kuzatish kabi qulayliklardan hech qanday uzilishlarsiz, barqaror jarayonda zavqlaning.
Xavfsizlik

Boshidanoq maxfiylik. Knox orqali himoyalangan

Xavfsizlik

Boshidanoq maxfiylik. Knox orqali himoyalangan

Samsung ma’lumotlaringizni qurilmaning o‘zida ishlovchi kuchli himoya, maxfiylik sozlamalarini shaxsiy ehtiyojingizga moslash va Galaxy qurilmalari o‘rtasidagi o‘zaro nazorat kabi ko‘p qatlamli apparat hamda dasturiy xavfsizlik tizimlari orqali ishonchli asraydi.

Galaxy’ga o‘tish va uni ulashish yanada osonlashdi

O‘tishning qulay usuli

O‘tishga tayyormisiz? Buni SmartSwitch yordamida amalga oshiring - kontaktlar, fotosuratlar, videolar va taqvimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi Galaxy qurilmangizga o‘tkazishning oson usuli. Doira bo‘ylab yugurish shart emas - shunchaki silliq va qulay o‘tish.

Turli qurilmalarda ma’lumot almashing

Tez. Oddiy. Kim bilan bo‘lsa ham. Turli qurilmalarda fayl almashish hech qachon bu qadar oson bo‘lmagan. QuickShare dasturi katta hajmdagi fayllarni uzatishni osonlashtiradi, endi ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri AirDrop® orqali yuborish mumkin.

Ko'p beriladigan savollar

  • Keyingi Galaxy Unpacked qachon bo‘ladi va yangi Galaxy smartfonlari hamda Galaxy Watch aqlli soatlarining taqdimoti qachon bo‘lib o‘tadi?

    Samsung Galaxy’ning yangi qurilmalari taqdimoti ikkita muhim bosqichdan iborat: Unpacked va rasmiy taqdimot.

    • Samsung Galaxy Unpacked tadbirining jonli efiri 2026-yil 22-iyul 18:00 da bo‘lib o‘tadi. Uni istagan kishi Samsung.com saytida tomosha qilishi, shuningdek yangi Galaxy qurilmalari va ularning funksiyalarini birinchilardan bo‘lib ko‘rishi mumkin.

    • Yangi Samsung Galaxy modellarining rasmiy sotuv sanasi tadbir davomida e’lon qilinadi.
  • Yangi One UI interfeysidagi Galaxy AI funksiyalari eng yaxshi Galaxy AI smartfonlarida yanada chuqurroq personalizatsiya va qo‘shimcha qulaylikni taqdim etadi.

    • Galaxy AI sun’iy intellekt funksiyalarining puxta tanlangan to‘plamini taklif qiladi. U sizning ehtiyoj va ustuvorliklaringizga shu qadar moslashadiki, go‘yo shaxsiy AI yordamchingiz bilan gaplashayotgandek bo‘lasiz. Tizim harakatlaringizni oldindan taxmin qiladi va kun tartibingizga moslashadi, bu esa unumdorlikni oshirish hamda Samsung ekotizimidagi kundalik ishlarni yanada qulaylashtirishga yordam beradi.

    • One UI yangilanishi intuitiv va silliq ishlaydigan muhitni taqdim etadi, bu esa diqqatni jamlash va ishga to‘liq sho‘ng‘ish imkonini beradi. Buklanadigan qurilmalar imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishga yordam beruvchi yangilanishlardan tashqari, One UI sizni va odatlaringizni tushunadigan takomillashtirilgan Galaxy AI tizimini ham o‘z ichiga oladi. Shu tufayli qurilmadan foydalanish yanada qulay va oson bo‘ladi.
  • Samsung’ning eng yangi smartfonlari — bu Samsung Galaxy buklanadigan qurilmalarining yangi avlodi bo‘lib, ular Samsung’ning o‘ziga xos va kuchli innovatsiyalari bilan boshqa qurilmalardan ajralib turadi. Takomillashtirilgan apparat ta’minoti, yangi form-faktorlar va optimallashtirilgan dasturiy ta’minot ushbu smartfonlarni Galaxy qatoridagi eng qiziqarli qurilmalardan biriga aylantiradi.

    Samsung smartfonlarining boshqa imkoniyatlari haqida Galaxy Unpacked tadbiri davomida so‘zlab beriladi.
  • • Telefonni almashtirishga tayyor bo‘lganingizda, ma’lumotlarni simsiz ko‘chirish uchun yangilangan Smart Switch ilovasidan foydalaning. Samsung’ning yangi avlod Smart Switch xizmati avvalgidan ko‘ra ko‘proq turdagi ma’lumotlarni — jumladan, fotosuratlar, videolar, kontaktlar, qo‘ng‘iroqlar tarixi, bosh ekran joylashuvi va eSIM kartalarni — ilova o‘rnatmasdan ko‘chira oladi. Buning uchun sozlash jarayonida ekranda paydo bo‘ladigan QR-kodni skaner qilsangiz bo‘ldi.

    • Galaxy qurilmalariga o‘tishdan oldin ular qanday ishlashini sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Try Galaxy xizmati orqali buni joriy qurilmangizda sinab ko‘rishingiz mumkin.

    Switch to Galaxy sahifasiga o‘ting: https://www.samsung.com/uz_uz/apps/smart-switch/

    * iOS’dan Galaxy’ga ma’lumotlarni yangilangan usulda ko‘chirish Galaxy qurilmasida Android™ 17 yoki undan keyingi versiya va One UI 9 yoki undan keyingi versiya, iOS qurilmasida esa iOS 26.6 yoki undan keyingi versiya o‘rnatilgan bo‘lsagina, mumkin.
    * eSIM’ni ko‘chirish imkoniyati mobil operatorga bog‘liq.

* Tasvir modellashtirilgan.

* Ayrim AI funksiyalari uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi.

* Samsung sun'iy intellekt funktsiyalari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning aniqligi, to'liqligi yoki ishonchliligi to'g'risida hech qanday va'da, kafolat bermaydi.

 

1. Now Brief funksiyasidan foydalanish uchun Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeli va ilovaga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim funksiyalar uchun tarmoqqa ulanish talab etilishi mumkin.

2. Kontektstga asoslangan senariylar borasida tavsiyalar olish uchun Personal Data Engine funksiyasidan foydalanish uchun Rejimlar va Senariylarni faollashtirish talab etiladi.

3. Foydalanuvchi fotosuratlar, video, audio va taqvim voqealari kabi fayllardan foydalanishga ruxsat berishga rozilik bildirishi kerak bo'ladi. Ko'rsatish siyosatiga bog'liq tarzda voqealar namoyish etilmasligi mumkin. Voqealarda taqdim etilgan suratlar ta'rifi foydalanuvchi maqsadlariga mos kelmasligi mumkin.

4. Kuponlar haqida bildirishnomalar faqat Samsung Wallet ilovasiga amal qilish muddati bilan qo'shilgan kuponlar uchun amal qiladi.

5. Energy score ko'rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch yoki Samsung Galaxy Ring yordamida kuzatib borilayotgan salomatlik ma'lumotlari Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashtirilishi kerak. Natijalar faqat sizga shaxsiy ma'lumot taqdim etishi uchun berilgan hamda tibbiy maqsadlar uchun mo'ljallanmagan.

6. Tadbirlar jadvali haqidagi bildirishnomalar Android Calendar ma'lumotlar omboridan foydalanadigan taqvim ilovalar uchun Samsung Calendar ilovasi o'rnatilgan taqdirdagina amal qiladi.

7. Aylana chizib qidirish Google LLC savdo belgisi hisoblanadi. Natijalar faqat namuna maqsadida taqdim etilgan. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til qurilma modeliga bog'liq bo'lishi mumkin. Internetga ulanish talab etiladi. Foydalanuvchilardan Android va Google so'nggi versiyalarini yuklab olish talab etilishi mumkin. Natijalar vizual va tovushli tasodifga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Mos ilovalar va dasturlar bilan hamda faqat embient musiqa bilan ishlaydi. Quloqchinlarda hamda tovush balandligi o'chirilgan musiqani aniqlamaydi. 

8. Videoda qanday tovushlar mavjudligiga qarab har bir video uchun natijalar farq qilishi mumkin. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Olti turdagi tovushlarni aniqlash mumkin: ovoz, musiqa, shamol, tabiat. olomon va shovqin. Tovushni aniqlash haqiqiy natijalari tovush manbai va video holatiga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Ovoz, musiqa, shamol, tabiat, olomon va shovqin kabi aytim turdagi tovushlar aniqlanishi mumkin. 

9. Rasm tahrirchisi uchun Auto Trim funksiyasida tahrirlanayotgan har bir video lavhaning maksimal davomiyligi 90 daqiqa. Rasm tahrirchisi uchun Auto Trim funksiyasida tahrirlanayotgan jamlangan lavhalarning maksimal davomiyligi 180 daqiqa. Bir loyiha doirasida tahrirlanayotgan maksimal lavhalar soni 60 ta. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. 

10. Rasm tahrirchisida Generativ tahrir funksiyasi uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Generativ tahrir yordamida tahrirlanganda foto surat hajmi 12 MP gacha o'zgarishi mumkin. Tasvir saqlanganda uning sun'iy intellekt yordamida generatsiya qilinganligini bildiruvchi ko'rinadigan suv belgisi tushiriladi. Shuningdek, Kontent kelib chiqishi va haqiqiyligini nazorat qilish koalitsiyasi (CIPA) standartlariga muvofiq tasvirga ko'rinmas suv belgisi ham tushiriladi. Generatsiya qilingan natijalarning aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.